Open menu Close menu

SICA Success Stories

Yosh faol Tojikistonda yangi AT iste'dodlarini tarbiyalamoqda

Tojikistonlik Farrux Umarov Oksford universiteti bitiruvchisi va “Ilmhona Skills Acceleration Center” asoschisi. U Tojikiston shimolidagi kichik Istaravshan shahrida mehnat muhojirlari oilasida tug‘ilgan. Farruxning otasi ham yuz minglab tojikistonliklar kabi bola atigi 10 yoshda bo‘lganida Rossiyaga ko‘chib ketgan.

Farrukh Umarov at a conference

“Otam yonimda boʻlmasa-da, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqimni doim qoʻllab-quvvatlagan. Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin iqtisodiy turg‘unlik va yuqori ishsizlik davri kuzatildi. Ota-onam nima bo‘lishidan qat’iy nazar bizga yaxshi ta’lim berish uchun ko‘p mehnat qilishdi. Men har doim xohlagan narsamga erishish uchun bor kuchimni sarflashim kerakligini bilganman, - deydi Farruh.

Farrux Oksford universitetini tamomlagach, vatanida texnologiya sohasini rivojlantirishga qaror qildi. Bu istak uni Dushanbeda “Ilmhona Skills Acceleration Center”ni ochishga undadi, u yerda talabalar AT kurslarida qatnashishi va hattoki texnologiya sohasida ishga joylashishi ham mumkin. Farruh tomonidan joriy etilgan garovga qo‘yishning noyob tizimi tufayli “Ilmhona”da diplomni tekinga ham olish mumkin:

“O'qishni boshlash uchun depozit to'lash kerak. Agar talaba kursni 85 va undan yuqori ball bilan tamomlasa, omonat pulining 50 foizdan 100 foizigacha qaytariladi”, - deya tushuntiradi Farrux. "Bizda talabalar o’z pullarining 100 foizini qaytarib olishlariga misollar bor."

Man at computer illustrative photo

Loyihasi tufayli ijobiy obro‘ qozongan Farruh ona shahri Istaravshanda “Ilmxona”ning yangi bo’limini ochishga qaror qildi. Tashabbusni moliyalashtirish uchun Farrux AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyoda Ijtimoiy Innovatsiyalar (SICA) dasturi doirasidagi Nomoliyaviy yordam grantiga ariza topshirdi. SICA va boshqa xalqaro tashkilotlar granti koʻmagida Farrux Istaravshanning 200 dan ortiq yosh aholisi uchun axborot texnologiyalari boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻldi.

Xasan Soliyev “Ilmxona”ning bugungi kundagi eng muvaffaqiyatli talabalaridan biri. Bir vaqtlar Hasan malyar bo'lib ishlagan, lekin u o'zini dasturlashda sinab ko'rmoqchi edi.

“Men [Ilmxonada] oʻqishni juda xohlardim, lekin ularning idorasi mening shahrimdan uzoqda ekanligini bilgach, juda xafa boʻldim. Tasavvur qiling-a, olti oydan keyin Istaravshanda o'z bo’limini ochishganida men juda hayron bo'ldim, - deydi Hasan. “Albatta, men qilgan birinchi ish “Web-zero” kurslariga yozilish bo‘ldi.

Hasan ikki oy ichida HTML, CSS va JavaScript-ni o‘zlashtirgan. O‘qishni tugatgach, “Ilmhona”ga kurs o‘qituvchisi bo‘lib ishga taklif qilindi. Hozir u Istaravshanlik talabalarga Front End dasturlash asoslarini o'rgatadi va bir kun kelib Google yoki Microsoft kompaniyalarida ishga joylashishni orzu qiladi.

Hasanning hikoyasi har kim dasturlashni o'rganishi mumkinligini mukammal tasvirlaydi va endi kompaniya jamoasi Istaravshanlik qizlar ham bundan mustasno emasligini isbotlashga intilmoqda. Masalan, “Ilmhona” yaqinda texnologiya sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan qizlar uchun birinchi kurs dasturini yaratdi. 30 nafar talaba qizlardan iborat birinchi guruh allaqachon Front Endni rivojlantirish asoslarini o'rganishni tugatgan.

“Qizlar erkaklar bilan teng ravishda hamma narsaga erisha olishini namoyish etish biz uchun juda muhim”, - deydi Farrux. "Mening ona shahrimdagi qizlar uchun birinchi kursimiz aynan shu maqsadda yaratilgan."

“Ilmhona” oʻquv kurslaridan tashqari Tojikiston yoshlari uchun startap tadbirlari, shaxslararo koʻnikmalar boʻyicha treninglar va uchrashuvlar tashkil etadi. Farrux bu tashabbuslar yoshlarni ilhomlantiradi va Tojikistonda AT-mutaxassislarining yangi avlodini yetishtirishga yordam beradi, degan umidda.

“Tojikistonning tabiiy resurslari cheklangan boʻlishiga qaramay, mamlakatimizda inson kapitali koʻp, – deydi Farrux. "Men vatanimni innovatsiyalar va texnologiya iste'dodlari mamlakatiga aylantirishga yordam berishni istardim."

USAID nogironligi bo’lgan ayollar uchun rekonstruksiya qilingan markazni ishga tushirishga yordam beradi
Learn more Learn more
USAID loyihasi ekologik inqiroz zonasida sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
Learn more Learn more

Biz bilan bog'lanish

Boshqa barcha savollar uchun:

Qozogʻiston, Olmaota
Seyfullina shoh ko’chasi 609-uy
“Forum” biznes markazi
3-qavat

error icon

Ismingizni kiriting

error icon

Yaroqli elektron pochta manzilini kiriting

error icon

Xabaringizni kiriting

Rahmat!