Open menu Close menu

SICA Success Stories

Qozog'istonda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun kasbiy tayyorgarlik bo’yicha treninglar

SICA institutsional rivojlanish bo‘yicha ekspertlari Zakhira Begaliyeva va uning jamoasiga tashkilot missiyasini qayta aniqlashda yordam berishdi, bu esa yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va donorlarni jalb qilish imkonini yaratdi.

Zaxira Begaliyeva uzoq vaqtdan beri Qozog‘istonda nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini targ‘ib qilib, o‘zining ITeachMe kompetentsiyalarni rivojlantirish markazi orqali ularga ishga joylashishda yordam berib keladi. U o'zi ham tayanch-harakat tizimi kasalligi bilan yashayotgani uchun qulaylik va inklyuziya muhimligini yaxshi biladi. “Nogironligi bo’lgan insonning hayoti doimiy to'siqlar bilan birga keladi. Biz har doim ham xohlagan joyimizga bora olmaymiz, xohlagan joyimizda ishlay olmaymiz, chunki hamma joyda ham panduslar yoki tegishli infratuzilma mavjud emas”, - deydi Zaxira.

Zaxiraning axborot texnologiyalari sohasi talabasi bo‘lgan o‘g‘li Dauren uni nogironligi bo’lgan shaxslar uchun kasbiy tayyorgarlik bo’yicha ilg’or onlayn o‘quv kurslarini ochishga ilhomlantirdi. "Ahir bizda Internet bor", - dedi Dauren onasiga. "Bu cheksiz imkoniyatlarga ega platforma."

Biroq internetning barcha cheksiz imkoniyatlariga qaramay, dastlab Zaxiraning maqsadli auditoriyasiga yetib borishi qiyin kechdi. Shuning uchun u yordam uchun USAIDning Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar (SICA) dasturi homiyligidagi Institutsional rivojlanish dasturiga murojaat qildi.

Dastlab institutsional rivojlanish dasturi mutaxassislari Zaxira va uning jamoasiga hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va yangi donorlarni jalb qilish uchun ITeachMe missiyasini qayta ko’rib chiqishga yordam berishdi.

“Biz o'z missiyamizni o'zgartirganimizdan so'ng, ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshladi. Turli sohalardan odamlar biz bilan bog‘lanib, hamkorlik taklif qila boshladilar”, - deydi Zaxira.

ITeachMe orqali Zaxira nogironligi bo‘lgan odamlarga mehnat bozorida yanada raqobatbardosh bo‘lib, moliyaviy mustaqil bo‘lishga yordam berish uchun ularga kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ayniqsa, markaz imkoniyati cheklangan qozog‘istonlik yoshlarning AT-sohasini o‘rganishi va kelajak kasblarini egallashiga ko‘maklashmoqda. USAIDning qariyb ikki yillik ko‘magida ITeachMe bitiruvchilarining 87 foizi ish topish yoki tadbirkor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

SICA dasturi, shuningdek, Zaxiraga o'zining hayotidagi asosiy qadriyatlaridan biri - o'z-o'zini o'rganishni kashf qilish imkoniyatini berdi. “Bizdan bilimingizning atigi 20 foizini olasiz; qolgani - bu o'zngizni mustaqil o’rganishingizning natijasidir, - deydi Zaxira ITeachMe ishtirokchilari bilan suhbatda. Uning soʻzlariga koʻra, aynan institutsional rivojlanish dasturida yetakchilikka alohida eʼtibor qaratilishi va shaxsiy kuchli tomonlarini rivojlantirish unga oʻz xodimlari va talabalari uchun kuchli yetakchi boʻlishga imkon bergan.

Zaxira ITeachMe missiyasi va aloqalarini mukammallashtirgandan so'ng, SICA resurslari unga tashkilotning missiyasini Qozog'iston bo'ylab 700 dan ortiq nogironligi bo’lgan shaxslarga yetkazishda yordam berdi. Ishtirokchilardan biri Ulpan Sapak taʼkidlaganidek, u ITeachMeʼda olgan koʻnikmalari evaziga oʻz oʻrnini topganidan va oʻz biznesini ochganidan faxrlanadi.

“2020 yilda men Fond haqida Telegram orqali bilib oldim. Bu noyob imkoniyat ekanligini tushunib yetdim va uni qo'ldan boy berishni xohlamadim. Dasturga yozilgach, men o'qishdan o'tdim, keyin menga ish taklif qilishdi. Hozir tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imda o‘z matbaa studiyam bor, bu meni juda quvontiradi, – deydi Sapak.

ITeachMe Participants

“Bizning kurslarimiz shunday tuzilganki, inson kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lishi, keyin esa ixtisoslashishi va mustaqil o‘qishni davom ettirishi mumkin. Shuningdek, biz ta'limning barcha sohalarida inklyuzivlikka intilamiz. Shunday qilib, biz Qozog‘istondagi o‘z kurslarida surdo-tarjimani ta’minlaydigan kam sonli tashkilotlardanmiz”, - deydi Zaxira.

Bugungi kunda ITeachMe kurslari nogironligi bo’lgan shaxslarga 12 yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rganish imkonini beradi, jumladan, chizmachilik, mobilografiya (mobil qurilmada suratga olish shakli), fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) fanlari va asosiy harakat dasturlash. Kurs uch oylik trening va besh kunlik kasbiy lagerdan iborat. Treningni tugatgandan so'ng, ishtirokchilar o'zlarining kurs ishlarini potentsial ish beruvchilarga taqdim etadilar, bu esa yetakchi nomzodlarga ish taklifini olish imkonini beradi.

Zaxiraning ta'kidlashicha, uning loyihasining ijobiy o'zgarishiga fuqarolik jamiyati tashkilotlarini moliyaviy barqarorlik va benefitsiarlarning ehtiyojlariga javob berish kabi umumiy maqsadlarga erishish uchun birlashtirgan SICA institutsional rivojlanish dasturi sabab bo'ldi. ITeachMe vakolatlarini rivojlantirish markazi nafaqat nogironligi bo’lgan shaxslar uchun foydali o'quv dasturiga aylandi. ITeachMe ishtirokchilarda hamjamiyat hissini rivojlantirishga yordam beradi va targ'ibot platformasi bo'lib xizmat qiladi.

SICA ekspertlari ITeachMe’ni o‘z faoliyati doirasidan tashqariga chiqishga va Qozog‘istonda inklyuziv qonunchilikni ishlab chiqishda ishtirok etishga chaqirdi. Misol uchun, yaqinda qonunchilik tashabbuslarini muhokama qilish chog'ida ITeachMe "nogironligi bo'lgan shaxslar uchun masofaviy ta'lim" ni qo'llab-quvvatlovchi bandni kiritishni ilg’or surdi. Ushbu qonun hujjati ta'lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini hamma uchun, shu jumladan harakatlanish muammosi yoki immuniteti zaif odamlar uchun ham ochiqroq qilishi mumkin.

Hozirda Qozog‘istonning turli burchaklaridan mingdan ortiq odam ITeachMe kurslarida qatnashish istagida ekan, Zaxira fondni kengaytirish rejalari haqida o‘ylamoqda. Kelgusi yilda u fond strategiyasini yangilash, Atirauda filial ochish va markaz bitiruvchilariga doimiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

“Biz nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ijobiy namuna ko‘rsatish va hamma uchun teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlayapmiz,” deydi Zaxira. "Bu dunyoda har bir inson o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak." Zaxira o‘zining ishtiyoqi, bilimi va tashkilot taraqqiyoti yo‘lidagi aniq maqsadlari orqali orzularni haqiqatga aylantiradi.

USAID nogironligi bo’lgan ayollar uchun rekonstruksiya qilingan markazni ishga tushirishga yordam beradi
Learn more Learn more
USAID loyihasi ekologik inqiroz zonasida sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
Learn more Learn more

Biz bilan bog'lanish

Boshqa barcha savollar uchun:

Qozogʻiston, Olmaota
Seyfullina shoh ko’chasi 609-uy
“Forum” biznes markazi
3-qavat

error icon

Ismingizni kiriting

error icon

Yaroqli elektron pochta manzilini kiriting

error icon

Xabaringizni kiriting

Rahmat!