Open menu Close menu

SICA Success Stories

Debate.kz qozoqzabon yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi

Jandos Meyirmanov Qozog‘istonning markazidagi sanoat shahri Qaragandadan. Jandos bolaligida qozoq tili maktabida o‘qigan va uyda qozoq tilida gaplashgan. Universitetda u muloqot qilish, bahslashish va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun munozaralar klubiga a'zo bo'ldi. Ammo muammo shundaki, universitet bahslari faqat rus tilida o'tkazilar edi.

Debate.kz project team posing for a photo

"Men Qozog'istonda qozoq tilida bahs-munozara klublari deyarli yo'qligini angladim", - deydi Jandos. “Munozaralar mening o'sishim va rivojlanishimga katta ta'sir ko'rsatdi. Lekin ruscha gapirishni bilmaganimda bunday bo'lmasdi. Tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyatlari va fuqarolik ongiga ega bo‘lish – bu ko‘nikmalarning barchasini qozoq tilida mashq qilishimiz kerak”.

Qozoq tilida muhokama maydonchalarining yo‘qligi Qozog‘istonda kengroq muammo – qozoq tilidagi ta’lim resurslarining cheklanganligidan dalolat beradi. Bu esa qozoqzabon va rusiyzabon yoshlar o‘rtasida, ayniqsa, qozoq tili hukmron bo‘lgan qishloqlarda ta’lim va kasbiy tafovutlarga olib keladi.

2020 yilda Jandos ushbu muammoni hal qilish uchun yangi bilimlarni olish maqsadida USAID tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar (SICA) dasturi doirasida Markaziy Osiyodagi Yoshlar yetakchilik akademiyasiga (CAYLA) qo‘shildi. CAYLA akademiyasida o‘qishi doirasida u “Yoshlar yetakchiligi” grantini qo‘lga kiritdi va qishloqlardagi qozoq tilida so‘zlashuvchi yoshlarga munozara texnologiyalarini o‘rgatishga qaratilgan “Debate.kz” loyihasini ishga tushirdi.

“Munozaralar qozog‘istonlik yoshlarga nafaqat ijtimoiy muammolarni o‘rganishga, balki ularga o‘zlarining daxldorligini his etishga yordam beradi. Ular bo‘lajak jamoa yetakchilarini yetishtirishda muhim vositadir”, - deydi Jandos.

Ikki yil avval Debate.kz saytini ishga tushirganidan beri Jandos va uning jamoasi 300 nafar talaba va 40 nafar o‘qituvchini tanqidiy fikrlash va bahslashish ko‘nikmalariga o‘rgatdi. Bundan tashqari, ular Qarag'anda viloyati ta'lim boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan video darsliklar va o'quv qo'llanmasini yaratdilar. Loyiha Qaraganda, Turkiston va Atirau viloyatlarida 30 dan ortiq munozara klublarining rivojlanishiga hissa qo‘shdi va ularga 600 dan ortiq faol a’zolar jalb etildi. O‘z navbatida klublar tomonidan turli ijtimoiy mavzularda oltita viloyatlararo munozara turnirlari o‘tkazildi.

Debate.kz participants

Debate.kz turnirida qatnashgan qarag‘andalik o‘rta maktab o‘quvchisi Serikbay Bibigulsim: “Munozara o‘zimga va g‘oyalarimga ishonchim oshishiga yordam berdi. Mening argumentatsiya qobiliyatim sezilarli darajaga yaxshilandi. Turnirga tayyorgarlik ko'rish bilan men o'z mamlakatim va butun dunyo muammolarini yaxshiroq tushuna boshladim. Endi do‘stlarim bilan maktabimizda bahs-munozara klubi ochishga ishtiyoqmandmiz”.

Harakat hukumat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi: Qozog‘iston Respublikasi ta’lim va fan vaziri Asxat Ayagambetov bahsni “nafaqat intellektual rolli o‘yin, balki haqiqiy ta’lim texnologiyasi” deb atadi. Vazir, shuningdek, “munozaradagi muvaffaqiyat oilaning ijtimoiy mavqei yoki tug‘ilgan joyiga bog‘liq emasligini ta’kidladi. Bu masalada asosiy narsa insonning dunyoqarashi, uning xarakteri, o'z pozitsiyasini himoya qilish istagi va qobiliyatidir”.

Qaragandadagi loyihasi natijalaridan ilhomlangan Jandos o'z loyihasini milliy miqyosda kengaytirish uchun SICA "Innovatsion yechimlar granti" ni yutib oldi. Hozir u butun Qozog'iston bo'ylab munozara hamjamiyatlarini rivojlantirish ustida ishlamoqda.

"Yoshlar adolatsizlikni his qilganda, ular bu haqda gapira olishni bilishlari kerak", deydi Jandos. “Muhimi, ular ta’lim, ekologiya, tibbiyot va boshqa sohalardagi adolatsizliklarga nisbatan o‘z nuqtai nazarini shakllantira olsin. Debate.kz yordamida ular aynan shu narsani o‘rganmoqdalar”.

USAID nogironligi bo’lgan ayollar uchun rekonstruksiya qilingan markazni ishga tushirishga yordam beradi
Learn more Learn more
USAID loyihasi ekologik inqiroz zonasida sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
Learn more Learn more

Biz bilan bog'lanish

Boshqa barcha savollar uchun:

Qozogʻiston, Olmaota
Seyfullina shoh ko’chasi 609-uy
“Forum” biznes markazi
3-qavat

error icon

Ismingizni kiriting

error icon

Yaroqli elektron pochta manzilini kiriting

error icon

Xabaringizni kiriting

Rahmat!