Open menu Close menu

SICA Success Stories

Raqamli vositalar orqali Qozog'istondagi qiynoqlarga qarshi kurash

Ko‘p yillardan buyon Qozog‘istonda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qiynoqqa solish holatlari boʻyicha ishlar sudgacha yetib kelmagan, chunki jabrlanuvchilarda dalillar va shikoyat qilish mexanizmlaridan foydalanish imkoni yo‘q edi. Shunga qaramay, 2022 yil yanvar oyidan keyin, gaz narxining keskin ko'tarilishi bilan boshlangan bir qator ommaviy norozilik namoyishlarning qatnashchilari va politsiya o'rtasida shiddatli to'qnashuvlar sodir bo'lganida, qiynoqlar va politsiyaning shafqatsiz muomalasi haqida ko'plab xabarlar paydo bo'ldi. Bunda shikoyat berish va qiynoq holatlarini tekshirishning yanada samarali mexanizmi zarurligi yaqqol namoyon bo'ldi. Ushbu ehtiyojdan kelib chiqqan holda, “Ekspertlik mustaqil tadqiqotlar instituti” (EMTI) jamoat fondi USAIDning “Markaziy Osiyoda ijtimoiy innovatsiyalar” (SICA) dasturi ko‘magida qozog‘istonliklarning davlat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘llanilayotgan qiynoqlarga qarshi kurash loyihasini ishga tushirdi. Jamoa 5 000 dan ortiq qiynoq qurbonlariga o'z huquqlarini himoya qilishning bosqichma-bosqich harakat tartiblarini topishga yordam bergan ta'lim veb-sayti va bir qator bepul videolarni yaratdi. Bundan tashqari, SICA ko'magi tufayli tashkilot jamoatchilik e'tirofiga sazovor bo'lgan va 20 dan ortiq ommaviy axborot vositalarida e'tirof etilgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun seminarlar va davra suhbatlari o'tkazdi.

“Hammasi yanvar voqealaridan soʻng ommaviy norozilik bilan boshlandi, oʻshanda ommaviy axborot vositalarida qiynoqlarga oid koʻplab dalillar paydo boʻldi,” deydi loyiha koordinatori Mirxat Serikbayev. “Politsiya tomonidan hibsga olingan 5000 namoyishchilar orasida koʻplari qiynoqlarga uchraganlig gumoni bor, ammo aniq raqamlar yo'q, chunki odamlar o'z shikoyatlarini aytishdan qo'rqishadi. Biz yordam taklif qilmoqchi edik, shuning uchun hamkasblarim va men jabrlanuvchilar va ularning qarindoshlariga qiynoqlarni qanday hujjatlashtirish, ishlarni sudga olib borish va xalqaro e'tiborni jalb qilishda yordam olish imkoniyati haqida ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirlar o'tkaza boshladik"

Ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilgan jonli ko’rsatuvlar seriyasiga bildirgan fikirlarfan jamoa ko'plab qiynoq qurbonlari psixologik va huquqiy yo'l-yo'riqlarga muhtojligini anglab yetdi. "Bizga qiynoq qurbonlariga foydali bo'lishi mumkin bo'lgan barcha tegishli ma'lumotlarni to'playdigan platforma kerak edi", deydi Mirxat.

Jamoa xalqaro qo‘llab-quvvatlashni izlashga kirishdi va ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga qaratilgan jamoat tashabbuslarini olg‘a suruvchi moliyalashtirish imkoniyati bo‘lgan SICAning "Innovatsion yechimlar" grantiga ariza topshirdi. SICA granti ushbu jamoaga qiynoqlardan omon qolganlar uchun bepul yordam taklif qiluvchi veb-sayt yaratish imkonini berdi. Loyihaning www.pytkamnet.kz sayti orqali jabrlanuvchilar yuridik ma’lumotlar bazasiga kirishlari, bepul psixologik va yuridik yordam so‘rashlari, videodarslarni ko‘rishlari mumkin. O'quv qo'llanmalarida qiynoq holatlarini qanday hujjatlashtirish va mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarga shikoyat qilish tartibli ko'rsatilgan. Sayt qiynoq qurbonlariga sukut saqlab yurganlarga adolatga erishishda yordam berishga tayyor xalqaro tashkilotlar, faollar va huquqshunoslar borligi haqida signal berishni maqsad qilgan.

“Bizning yondashuvimiz mojaroda ishtirok etayotgan har ikki tomon bilan hamkorlik qilishni o'z ichiga oladi. Bizning asosiy maqsadimiz qiynoqlardan jabr ko‘rganlarga yetarlicha yordam ko‘rsatish va ularning huquqlari poymol qilingan taqdirda o‘z huquqlarini tiklash yo‘llari haqida ma’lumot berishdir”, - deydi Mirxat. "Shu bilan birga, biz huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda qiynoqlar kabi noqonuniy tergov usullaridan foydalanish ularning professional faoliyati uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xabardorlikni oshirish muhimligini tan olamiz".

Mirxatning so'zlariga ko'ra, qiynoq holatlari bo'yicha statistik ma'lumotlarning keskin haqiqati bilan shug'ullanishda jamoa jiddiy muammoga duch keldi. Loyiha a’zosi va “Qodir-Kasiet” tashkiloti rahbari Anara Ibrayevaning ta’kidlashicha, 2020-yilda militsiya xodimlariga nisbatan 25 ta, 2021-yilda 5 ta, 2022-yilda esa 2-3 ta qiynoqlar bo‘yicha sud hukmi chiqarilgan, ammo doimiy shikoyatlar kelib tushgan. “Har yili qiynoq holatlari boʻyicha hukmlar sonining kamayib borish tendentsiyasi xavotirli, chunki bu haqiqatda politsiya xodimlarini qiynoqlar qoʻllashga va qonunni mensimaslikka undaydi”, deya qoʻshimcha qiladi Mirxat.

Ushbu muammoga qarshi kurashish maqsadida guruh tomonidan 50 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Huquq faollari, huquqshunoslar va advokatlar boshchiligida seminarda Bosh prokuratura, Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman va Qiynoqlarga qarshi koalitsiya vakillari ishtirok etdi. Sessiyada politsiya xodimlarini tasodifiy tarzda "tergovchi" va "gumonlanuvchi" rollariga ajratadigan rolli o'yin mashqlari o'tkazildi. Birinchisi ikkinchisini manipulyatsiya tilidan foydalanib "so'roq qildi". Mirxatning so‘zlariga ko‘ra, sessiya politsiya xodimlariga gumonlanuvchilar o‘rnida, so‘roq va qiynoqlarning shafqatsiz mohiyatini o‘z ko‘zi bilan tushunish imkonini berdi. "Ba'zi ishtirokchilar seminar ular uchun "fikrni o'zgartirayotganini" aytishdi", - deya ta'kidlaydi Mirxat. "Aslida, biz ularga hech kim ta'qibdan himoyalanmaganligini, jumladan politsiya xodimlarining o'zlari ham himoyalanmaganligini tushuntira oldik".

Yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi EMTI jamoasining sa'y-harakatlari endi Qozog'istonning politsiyaning noto'g'ri xatti-harakatlariga nisbatan o'zgarayotgan pozitsiyasi bilan uyg'unlashishiga yordam beradi. 2023-yil mart oyida parlament politsiya xodimlariga so‘roqlarni videoga yozib olish majburiyatini yuklagan. Bundan tashqari, qonun bilan qamoqxona tibbiyot bo'linmalarini boshqarish Ichki ishlar vazirligidan Sog'liqni saqlash vazirligining yurisdiksiyasiga o'tkazildi. Bosh prokuratura endilikda politsiya xodimlarining mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish hollarini nazorat qiladi. “Avvallari [Qozogʻiston] Ichki ishlar vazirligi, politsiyani ham nazorat qilgan, qiynoqlar holatlari va qamoqxona tibbiy boʻlimlari sifatini tekshirish uchun masʼul boʻlgan asosiy organ edi”, - deya tushuntiradi Mirxat. "Ochig'i, bitta organ o'zini o'zi tekshirsa, o'z hamkasblarini jinoiy javobgarlikka tortishni istamasliklari mumkin. Endi bu mas'uliyat boshqa tegishli organlarga o'tkazilganidan keyin ijobiy o'zgarishlar boshlanadi, deyishga asoslar bor".

EMTI loyihasi allaqachon ishtirokchilardan ijobiy fikrlar oldi. Jamoa shuningdek, qiynoqlar muammosiga qarshi kurashda muvofiqlashtirilgan va ko‘p qirrali yondashuvni ilgari surish maqsadida Bosh prokuratura, Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman va Qiynoqlarga qarshi koalitsiya kabi asosiy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Mirxat va jamoa uchun bu muassasalar bilan bog‘lanish muvaffaqiyat sari muhim qadamdir.

"Biz ko'pincha nizoning har tarafida odamlar borligini unutamiz. Muammoni samarali hal qilish uchun har ikki tomon bilan faol muloqot qilishimiz kerak", - deya ta'kidlaydi Mirxat. "Bizning vazifamiz huquq-tartibot idoralari tomonidan qiynoq qo'llanilishiga qarshi kurashish va ularni javobgarlikka tortishdir. Men vaziyatni ijobiy o'zgartirish tarafdoriman.".

USAID nogironligi bo’lgan ayollar uchun rekonstruksiya qilingan markazni ishga tushirishga yordam beradi
Learn more Learn more
USAID loyihasi ekologik inqiroz zonasida sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
Learn more Learn more

Biz bilan bog'lanish

Boshqa barcha savollar uchun:

Qozogʻiston, Olmaota
Seyfullina shoh ko’chasi 609-uy
“Forum” biznes markazi
3-qavat

error icon

Ismingizni kiriting

error icon

Yaroqli elektron pochta manzilini kiriting

error icon

Xabaringizni kiriting

Rahmat!