Open menu Close menu

SICA Success Stories

Turkmanistonlik yosh yetakchi yo‘qolib borayotgan turlarni saqlab qolish uchun NFT tashabbusini boshladi

2022-yil 8-dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahri chekkasida yolg‘iz qor qoplonining o‘limi haqidagi mahalliy xabarlar internetga tarqaldi. Otopsi ma'lumotlariga ko'ra, uning o‘limiga hayvonning oshqozonidan topilgan polietilen paket sabab bo‘lgan. Turkmanistonlik Markaziy Osiyo Yoshlar Yetakchilik Akademiyasi (CAYLA) bitiruvchisi Menli Atayeva uchun bu kabi holatlar insoniyat sabab bo‘lgan ekologik halokatning dahshatli namunasidir. “Qozog‘istonda atigi 180 ga yaqin qor qoplonlari qolganini inobatga olsak, bu turning yo‘q bo‘lib ketishiga qarshi qandaydir chora ko‘rishimiz muhim”, deydi u.

Menli ekologiyaga katta qiziqish bildirgan ijtimoiy faol sifatida doimo ekologik ongli ijtimoiy korxonani ishga tushirishni xohlagan. 2022-yilda CAYLA-ni tamomlagandan so‘ng, Menli Qozog‘istonda yo‘qolib borayotgan qor qoplonlari bo‘yicha tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan biznes tashabbusi bo‘lgan Barys (“Qor qoplon”) Yurt klubiga asos solgan. Jamoa qor qoplonlari aks ettirilgan 10 000 ta noyob illyustratsiyalarni yaratgan va kamida 60 tasini kriptovalyuta platformasi boʻlgan OpenSea orqali oʻzgartirib boʻlmaydigan tokenlar (NFTs) sifatida sotgan. Qo’shimcha foyda sifatida ular qor qoploni aks ettirilgan hudilarni ham ishlab chiqdilar va sotdilar. Jamoa barcha tushumning 20 foizini Qozogʻistondagi “Chegara bilmas yovvoyi tabiat” (WWB) nodavlat tashkilotiga va Qozog'iston Milliy zoologiya institutiga qor qoplonlarini o'rganish uchun asbob-uskunalar sotib olishni moliyalashtirish uchun berdi.

Menlining tan olishicha, dastlab u g'oyasini ro'yobga chiqarish yo'lini bilmagan. “Erim va men NFT va kripto [valyuta] rivojlanishi bilan bog'liq yangiliklarning ashaddiy kuzatuvchilarimiz. Bir muncha vaqt biz nima qilish kerakligini o'ylab qoldik, chunki biznesimiz ushbu sohalarni qamrab olishi va shu bilan birga ekologik ongli bo'lishini xohladik", deydi u. "Biz rivojlanayotgan NFT sohasida nimadir qilishni xohlayotgan edik, ammo qiziqishimizni qanday qilib ijtimoiy tashabbus bilan bog'lash haqida bir qarorga kela olmayotgan edik."

Bu "CAYLA Changemakers Camp"ida, CAYLA bitiruvchilari uchun besh kunlik yozgi lagerida sodir bo'ldi. U yerda Menli nihoyat NFT savdosini o'z ichiga olgan innovatsion tashabbus haqidagi tasavvurini shakllantirdi. “Lagerdagi jo‘shqin muhit va aqliy hujum mashg‘ulotlari eko-faollikni ilg‘or texnologiyalar bilan bog‘lash bo‘yicha biznes g‘oyamni rivojlantirishga turtki bo‘ldi”, deydi u jilmayib. Lager yordamchisi, shuningdek, Menliga "kelajakdagi daromadlarni diversifikatsiya qilish haqida o'ylashni" maslahat berdi. Bu uni hudilar kabi jismoniy buyumlarni o'z ichiga olgan savdo biznesi kontseptsiyasini ishlab chiqishga undadi.

Menli lagerni tark etgach, ishga kirishish uchun vaqtini behuda o'tkazmadi. Menli turmush o'rtog'i Azamat Kalam bilan birgalikda qor qoplonlari aks ettirilgan NFT bilan bog'liq ijtimoiy tashabbusni ishlab chiqdi. "Biz Qozog'istonning Olmaota shahrida yashayotganimiz tufayli, minnatdorchilik sifatida bu shahar ramzi bo'lgan qor qoplonini o‘rganish tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash uchun bu ishga qo'l urdik."

2022-yil sentabrigacha jamoa Instagram akkauntini ishga tushirdi, 10 000 ta illyustratsiyalar ishlab chiqdi va sotuvga oʻzining birinchi hudilar toʻplamini chiqardi. Bir oy o'tgach, ular Olmaota yaqinidagi Ayu Say dam olish maskanida oflayn kraudfanding tadbirini tashkil qilishdi. Bu tadbirda Milliy zoologiya instituti xodimi qor qoplonini o‘rganish tadqiqotlari va ekspeditsiyalari bo'yicha maxsus ma'ruza qildi. Jamoa dastlabki 60 ta NFTni (jami 700 dollar) tadbirga kirish chiptalari sifatida sotdi va qor qoploniga oid hudilar sotuvidan qo‘shimcha 500 000 KZT (1 000 AQSh dollari) ishlab topdi va barcha pul tushumlarining 20 foizini WWBga o‘tkazdi. Tadbir ijtimoiy tarmoqlarda keng reaksiyaga sabab bo‘ldi, ko‘pchilik jamoaning hayvonlarni asrashga innovatsion yondashuvini olqishladi.

Menli CAYLAning lageri va stipendiya dasturi uning biznes haqidagi tasavvurini shakllantirishga yordam berganini ta'kidlaydi. “Men tugatgan uchta kurs [CAYLA stipendiya dasturi doirasida] meni yaxshi rahbar va tadbirkor bo’lishimga yordam berdi. Men, oldindan rejalashtirish, to'g'ri odamlarni tanlash va marketing rejasini ishlab chiqish kabi amaliy bilimlarni olish uchun keldim. Biznesni boshlash nazariy jihatdan oson tuyulishi mumkin, ammo amaliyotga kelsak, bu ekstremal attraksionlari kabi kutilmagan burilishlarga to'la sayohat bo'lishi mumkin. Men olgan bilimlar tufayli qaror qabul qilishda o'zimga bo‘lgan ishonchim ortdi.

“Chegara bilmas yovvoyi tabiat” tashkiloti rahbari Dina Konysbayeva Menliniki kabi tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlashini aytadi. "Ilmiy hamjamiyat Qozog'istondagi qor qoplonlari holatidan xavotirda", deb tushuntiradi u. “Qor qoploni nafaqat Olmaotaning madaniy ramzi, balki u ekologik tizimlarning bir qismi bo’lib, inson salomatligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun, Menli jamoasi bizga [qor qoplonlari haqida] xabardorlikni oshirish g'oyasi bilan murojaat qilganida, men darhol ularning tashabbusini qo'llab-quvvatladim. Umid qilamanki, ularning namunasi boshqalarga yo‘l ochadi”.

Menlining so'zlariga ko'ra, u tashabbusni "okeandagi bir tomchi" deb hisoblaydi, ammo bu keskin o’zgarish pretsedentini yaratdi. Loyiha Qozogʻiston va xalqaro OAVda allaqachon yoritilgan. Jamoa uchun bu e’tibor ularning to'g'ri yo'lda ekanidan dalolatdir. “Qor qoplonlari va NFTlar? Bu an'anaviy oilaga hos emas, lekin biz buni sinab ko'rishga qaror qildik va bu ish berdi”, - deydi Azamat, Menlining turmush o'rtog'i va loyiha hammuassisi. "Biz loyihamiz qanchalik ajoyib va innovatsion ekanligi haqida xabarlar olishda davom etyabmiz va bu odamlarning [qor qoplonlariga] munosabatini o'zgartirishiga umid qilaman", - deya qo'shimcha qiladi Menli. "Bizning asosiy maqsadimiz qor qoplonlarini asrashga yangicha nuqtai nazardan yondashishdir va umid qilamanki, biz o'z ishimizni avval Qozog'istonda, keyin esa o'z vatanim Turkmanistonda davom ettiramiz".

USAID nogironligi bo’lgan ayollar uchun rekonstruksiya qilingan markazni ishga tushirishga yordam beradi
Learn more Learn more
USAID loyihasi ekologik inqiroz zonasida sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi
Learn more Learn more

Biz bilan bog'lanish

Boshqa barcha savollar uchun:

Qozogʻiston, Olmaota
Seyfullina shoh ko’chasi 609-uy
“Forum” biznes markazi
3-qavat

error icon

Ismingizni kiriting

error icon

Yaroqli elektron pochta manzilini kiriting

error icon

Xabaringizni kiriting

Rahmat!